20 sen 11:50
Yangiliklar
Tennis
Abduraimova Guanchjoudagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Xitoyning Guanchjou turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Hamyurtimiz mukofot jamg'armasi 250 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirning ilk davrasida italiyalik tennischiga qarshi kortga chiqdi. Kristina Fernando bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda Nigina 6:4, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, Kristina WTA reytingida 322, Nigina esa 176-o'rinni egallab turibdi. Endi Abduraimova ikkinchi davrada ukrainalik Lesya Curenkoga qarshi kortga chiqadi. Curenko reytingda 80-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar