15 sen 12:05
Yangiliklar
Tennis

Abduraimova Juxayda chorak finalga chiqdi
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova Xitoyning Juxay shahrida davom etayotgan tennis turnirida chorak finalga chiqdi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida to'rtinchi raqam ostida tasniflangan.
Vakilamiz bugun ikkinchi davra uchrashuvida polshalik Piter Katarjinaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 37 daqiqa davom etgan uchrashuvda vakilamiz 6:3, 7:5 hisobida g'alaba qozondi. Niginaning chorak finaldagi raqibasi Xitoy Taypeyi tennischisi Kay-CHen CHang bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar