11 iyu 12:24
Yangiliklar
![](/upload/storage/1154_220.jpg)
Abduraimova Kyujingdagi turnirda, ilk raqiba malum
Ushbu
musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok etadi. Mamlakatimizning
birinchi raqamli tennischisi turnirda ikkinchi raqam ostidan tasniflangan.
Xitoylik Fangjou Liu birinchi raketka sifatida harakat qiladi.
Qura natijasiga ko'ra vakilamiz yakkalikning ilk bosqichda tailandlik Nicha Lertpitaksinchayga qarshi kortga chiqadi. Agar Nigina Nichaning to'sig'idan muvaffaqiyatli o'tib olsa, ikkinchi davrada xitoylik Di Jao bilan to'qnash keladi. Bu tennischi bugun vatandoshi Yuki SHengdan 7:6(5), 6:1 hisobida ustun keldi.
Eslatib
o'tamiz, Nigina Abduraimova o'tgan hafta Xitoyning Yuksi shahrida o'tkazilgan
turnirda ham ikkinchi raqamli tennischi maqomida o'ynab, yarim final ostonasida
yurishini to'xtatgan edi.
Fikrlar