26 fev 07:46
Yangiliklar

Abduraimovadan kambek, Omonmurodova mag'lubiyat
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada ikki hamyurtimiz ham ishtirok etyapti. Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodova reytingdagi o'rinlariga ko'ra o'z ishtiroklarini saralash bahslaridan boshlashdi.
Saralash turnirining oltinchi raketkasi sifatida qayd etilgan Nigina ilk davrada belaruslik Svetlana Pirajenkaga qarshi kortga chiqdi. Bir daqiqasi kam ikki soat davom etgan uchrashuvda Abduraimova irodali g'alabaga erishdi - 4:6, 7:5, tay-brekda 10:5.
Oqgul Omonmurodova esa ilk saralash bahsidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Rossiyalik Varvara Grachevaga qarshi kortga chiqqan vakilamiz raqibasiga 5:7, 6:7(5) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Gracheva saralashning ettinchi raketkasi sifatida qayd etilgandi.
Fikrlar