18 sen 07:50
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
Abdurashidovga Paralimpiya medali uchun 12 soniya etmadi
Xabar berganimizdek, Rioda davom etayotgan Paralimpiya o'yinlarining o'ninchi kunida sportchilarimiz sakkizinchi oltin medalni qo'lga kiritishdi.
Engil atletikaning 200 metr masofaga yugurish bahslarida ishtirok etgan Mansur Abdurashidov to'rtinchi o'rinni egalladi. Hamyurtimizga shoxsupaga ko'tarilish uchun 12 soniya vaqt kamlik qildi.
Abdurashidov 22,69 soniya natija bilan marraga to'rtinchi o'rinda etib keldi. Kubalik Leyner Savon Pineda 22,23 soniya vaqt ko'rsatkichi bilan Paralimpiya o'yinlari g'olibiga aylandi. Kumush medal JAR vakili Xilton Langenxovenga (22,43) nasib etdi. Bronza medal sohibi marokashlik Maxdi Afri 22,57 soniya vaqt ko'rsatdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar