15 fev 15:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdurasul Ismoilovning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum. Jang kamar uchun kechadi!
Engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik professional bokschi Abdurasul Ismoilovning keyingi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
28 yoshli charm qo'lqop ustasi 27 fevral kuni Rossiya Federaciyasining Moskva shahridagi USC Soviet Wings majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ishtirok etadi.
O'sha kuni Abdurasulga rossiyalik Artur Subxankulov raqiblik qiladi. 10 raundlik jang engil vaznda vakant bo'lib turgan EBP kamari uchun o'tkaziladi.
Malumot uchun, Abdurasul Ismoilov faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, 11 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U so'nggi jangini 2024 yil may oyida filippinlik Ai Toyogonga qarshi o'tkazib, durang qayd etgandi. Subxankulov hisobida esa 7 ta g'alaba mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar