So’nggi yangiliklar

09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0 19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0

10 iyu 21:56
Yangiliklar

Futbol, Parij-2024

Abdusalom Azizov boshchiligidagi rasmiylar Olimpiadaga jo'nab ketayotgan futbolchilarimizga omad tilashdi

Ertaga futbol bo'yicha O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun Franciyaga yo'l oladi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Bugun Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati masuliyatli safar oldidan jamoamiz bilan uchrashib, yigitlarimizga oq yo'l tilashdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, mamlakat futbol associaciyasi prezidenti Abdusalom Azizov, Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisining birinchi o'rinbosari, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etishdi.

Rasmiylar o'zbek sportida tarixiy yo'llanmaga sazovor bo'lgan jamoamizdan bo'lajak Olimpiadada ham ulkan g'alabalar kutishlarini, buning uchun davlatimiz barcha sharoitni yaratib berishini takidlashdi. O'z navbatida, bosh murabbiy Timur Kapadze ham jamoa Franciyaga faqat va faqat Olimpiada medallari uchun yo'l olayotgani, yigitlar barcha o'yinda bor imkoniyatlarini ishga solishlarini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchilarimiz Olimpiya o'yinlaridagi ishtiroklarini 24 iyul kuni Ispaniyaga qarshi bahs bilan boshlashadi. Ungacha jamoamiz 15 iyul kuni Gvineya, 18 yulda esa Yangi Zelandiya qarshi ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing