So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

06 apr 07:02
Yangiliklar

Futbol

Abdusalom Azizov O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan uchrashdi + FOTO

Bir necha kundan so'ng Qatar maydonlarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi bahslari start oladi.

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi guruh bosqichida Malayziya, Quvayt va Vetnam jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Kecha O'FA Prezidenti Abdusalom Azizov ushbu muhim turnir oldidan O'zbekiston U-23 terma jamoasi azolari bilan uchrashdi. O'zbek futboli rahbari yoshlarimiz oldida turgan ushbu musobaqaning masuliyati haqida fikr bildirar ekan, musobaqada jamoamizga shaxsan Prezidentimiz ham katta qiziqish bilan muxlislik qilayotganini aytib o'tdi. 

O'zbek futboli tarixida ilk bora Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritib, butun xalqimizga bayram va xursandchilik taqdim etish imkoniyati mavjudligi, bu borada jamoaning potenciali etarli ekanligi aytildi. Eng muhimi — jamoada g'alaba ruhi borligi hamda jangovar tarkib yig'ilgani qayd etildi. 

Jamoa birdam bo'lib, intizomli o'yin ko'rsatgan holda yurt obro'sini munosib himoya qilishi kerakligini takidlandi. 

O'z o'rnda jamoamizning bir qator etakchi futbolchilari ham fikrlarini bildirib o'tishdi. Abdusalom Azizov murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Tibbiy shtab tomonidan futbolchilarning sog'ligi, tiklanishi va vitaminizaciyalash jarayoni borasida malumotlar eshittirildi. O'FA Prezidenti futbolchilarga eng zamonaviy, yuqori darajadagi tibbiy yordam ko'rsatish amaliyotini davom ettirishga ko'rsatma berdi.

Uchrashuv yakunida Abdusalom Abdumavlonovich masuliyatli turnir oldidan jamoamizga yana bir bor omad tiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing