16 dek 11:55
Yangiliklar
SHaxmat
Abdusattorov ertaga Ozarbayjonda start oladigan nufuzli turnirda ishtirok etadi
17-24 dekabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo'yicha Vugar Gashimov xotirasiga bag'ishlangan nufuzli xalqaro turnir bo'lib o'tadi.
Musobaqada jahonning ko'zga ko'ringan 10 nafar xalqaro toifadagi grossmeysterlari bosh sovrin uchun dona suradi. Ular orasida rapid yo'nalishida amaldagi jahon chempioni, shaxmat Olimpiadasi g'olibi Nodirbek Abdusattorov ham bor.
Ozarbayjonlik shaxmatchilar SHahriyar Mamedyarov (2740), Rauf Mamedov (2646), Abdulla Gadimbayli (2524), Aydin Suleymanov (2543), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2713), Van Xao (Xitoy, 2722), Valexo Pons (Ispaniya, 2716), Sem SHenklend (AQSH, 2710), Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2725) va Rixard Rapport (Ruminiya, 2740) g'oliblik yo'lida bahslarga kirishadilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar