02 dek 13:31
Yangiliklar
SHaxmat
Abdusattorov Hindistonda rapid yo'nalishini tugatdi. Yakuniy jadval qanday bo'ldi?
Hindistonda "Tata Steel India" turnirining rapid bahslari o'z yakuniga etdi.
Musobaqada ishtirok etgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov kecha so'nggi uchta tur uchrashuvini o'tkazdi.
So'nggi uchta turda Nodirbek 2 ochko jamg'ardi. Amerikalik Uesli So mag'lub etilgan bo'lsa, SHahriyar Mamedyarov (Ozarbayjon) va Param Magsodlu (Eron) bilan durang qayd etildi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, Abdusattorov 4,5 ochko jamg'arib, musobaqani 7-o'rinda yakunladi. 3-o'rinni egallagan Santosh Viditda ham huddi shuncha ochko bor. Qo'shimcha ko'rsatkichlar hisobiga ko'ra, Nodirbek 7-o'ringa tushib ketdi.
Ertaga mazkur turnir doirasida blic bahslari boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar