So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

02 apr 14:05
Yangiliklar

SHaxmat

Abdusattorov jahon reytingida o'zbek shaxmatchilari ichida birinchi o'ringa chiqib oldi

Qosimjonovning 25 yillik gegemonligiga tugadi, endi Abdusattorov FIDE reytingidagi birinchi raqamli shaxmatchimiz.

Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) kuni kecha o'zining yangi reytingini elon qildi.

2022 yilning 1 aprel sanasidan keyingi holat aks etgan ushbu jadvalda ayni damda kuchli 100 likdan ikki nafar o'zbekistonlik shaxmatchi o'rin olgan. Bular jahonning 17-chempioni, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov hamda yaqinda rapid yo'nalishi bo'yicha dunyodagi eng yosh chempionga aylangan Nodirbek Abdusattorovdir.

Etiborli jihati, yangilangan reytingda o'zbekistonlik shaxmatchilar orasida peshqadam o'zgardi. 1997 yilda FIDE reytingida O'zbekistonning eng yuqori ballga ega shaxmatchisi maqomini qo'lga kiritgan Qosimjonov chorak asrdan so'ng o'rnini yosh va iqtidorli izdoshiga bo'shatib berdi.

FIDEning yangilangan reytingida xalqaro grossmeyster N.Abdusattorov (2004 yilda tug'ilgan) 2 661 ball bilan 74-o'rinni egallab turibdi. O'tgan oyda u 92-o'rindan joy olgandi. Rustam Qosimjonov (1979 yilda tug'ilgan) esa 2 656 reyting bali bilan 82-pog'onaga tushdi. Bir oy avval 17-jahon chempioni 77-o'rinda qayd etilgandi. TOP-100talikda Nodirbekdan yosh bironta ham shaxmatchining yo'qligi bizni yanada xursand qiladi.

FIDE 20 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilarning reyting o'rinlarini ham alohida hisoblab boradi. Eng kuchli yosh shaxmatchilar orasida Nodirbek ayni paytda 4-o'ringa ko'tarildi. SHuningdek, yosh shaxmatchilar orasida TOP-100talikdan yana uch nafar shaxmatchimiz o'rin olgan:

4 (o'tgan oydagi o'rni – 7). GM Nodirbek Abdusattorov (2004) – 2661,

11 (10). GM Nodirbek Yoqubboev (2002) – 2630,

17 (16). GM Javohir Sindorov (2005) – 2609,

25. GM SHamsiddin Vohidov (2002) – 2536.


Blic yo'nalishida 4 shaxmatchimiz kuchli yuzlikdan joy olgan:

36. Rustam Qosimjonov – 2681.

45. Nodirbek Abdusattorov – 2663.

71. Javohir Sindorov – 2630.

96. SHamsiddin Vohidov – 2611.


Rapid yo'nalishida faqat Nodirbek Abdusattorov kuchli yuzlikda qayd etilgan, u 2670 ball bilan 37-o'rinni egallab turibdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing