So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

28 iyu 10:29
Yangiliklar

SHaxmat

Abdusattorov Ruminiya turniridagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida shaxmat bo'yicha "Grand Chess Tour" seriyasi doirasidagi "Superbet Chess Classic Romania" turniri davom etmoqda.

O'z ichiga 5 ta turnirni jamlovchi ushbu nufuzli shaxmat musobaqasining umumiy mukofot jamg'armasi 1,5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2766) ham o'z mahoratini namoyish etmoqda. Birinchi turda oq donalarda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha (2747) bilan durangga imzo chekkan grossmeysterimiz 2-turda qora donalarda franciyalik Alireza Firuzdjaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Birinchi turda g'alabaga erishgan amerikalik Fabiano Karuana hamda hindistonlik Dommaraju Gukesh bu turda durang qayd etishdi. Karuana vatandoshi Uesli So, Gukesh esa FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan Yan Nepomnyashiy bilan murosaga keldi. Ikkinchi turda birgina g'alaba qayd etilib, u ham bo'lsa Abdusattorov partiyasida kuzatildi. 

Malumot uchun, "Superbet Chess Classic Romania" turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. CHempion grossmeyster 100 000 dollarni qo'lga kiritadi. Hozircha Nodirbekning ishlari yaxshi emas. U 0,5 ochko bilan oxiridan bitta oldinga o'rinni egallab turibdi. Lekin bitta g'alaba vaziyatni butunlay o'zgartirib yuboradi. Turnir jadvalida 1,5 tadan ochkoga ega Karuana va Gukesh peshqadamlik qilyapti. 

Turnir ishtirokchilari: Fabiano Karuana (AQSH, 2805), Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2770), Nodirbek Abdusattorov  (O'zbekiston, 2766), Dommaraju Gukesh (Hindiston, 2763), Uesli So (AQSH, 2757), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747), Anish Giri (Niderlandiya, 2745), Alireza Firuzdja (Franciya, 2737), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2732), Bogdan-Danel Dyak (Ruminiya, 2680).

2-tur natijalari: Firuzdja – Abdusattorov 1-0, Karuana – So, Nepomnyaiiy – Gukesh, Pragnanandxa – Vashe-Lagrav, Dyak – Giri partiyalarida durang qayd etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing