19 jan 11:35
Yangiliklar
Abdusattorovda durang, Yakubboev esa g'alaba bilan boshladi. Veyk-an-Zeeda nufuzli shaxmat turniri start oldi
Musobaqaning "Masters" guruhida Nodirbek Abdusattorov, "CHellenjer" guruhida esa Nodirbek Yakubboev bahs yuritishi haqida xabar bergan edik.
Har ikki hamyurtimiz birinchi raundda hindistonlik raqiblariga qarshi dona surdi. Abdusattorov azaliy raqiblaridan biri — Rameshbabu Pragnanandxa bilan durangga rozi bo'lgan bo'lsa, Yakubboev Divya Deshmux ustidan g'alabaga erishdi.
Ilk davra yakuniga ko'ra Abdusattorov o'z guruhida besh, Yakubboev esa ikkinchi o'rinda ketmoqda.
Barcha natijalar:
"CHellenjer" guruhi:
Nodirbek Abdusattorov endi bugun 2-tur doirasida Leon Luke Mendonsaga qarshi oq donalarda o'ynaydi. "CHellenjer" guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboev esa qozog'istonlik Kazibek Nogerbekka qarshi oq donalarda o'z omadini sinovdan o'tkazadi.
Fikrlar