27 okt 09:15
Yangiliklar
Abdusattorovning g'alabali yurishi davom etadi: mezbon ikki marta mag'lub etildi, Nodirbek muddatidan oldin yarim finalda!
Sovrin jamg'armasi 400 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi bahslarda hamyurtimiz navbatdagi g'alabalarni qo'lga kiritdi.
3 va 4-turda u mezbonlar vakili, islandiyalik Xyyorvar Steyn Gretarssonga qarshi dona surdi va har ikkala partiyada ham g'alaba qozondi.
Bungacha Yan Nepomnyashiy va Uesli Soni mag'lub etgan Nodirbek o'z hisobidagi ochkolar sonini 8 taga etkazib oldi va guruh bosqichi yakunlanishiga 2 tur qolganda yarim final masalasini hal qildi.
Endi bugun Abdusattorov 5 va 6-tur o'yinlarini o'tkazadi. Nodirbek 5-turda Yan Nepomnyashiyga qarshi ikkita o'yin o'tkazsa, 6-turda amerikalik Uesli So bilan o'yin kutmoqda.
Ikkinchi guruhda Xikaru Nakamura 6 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rindagi Magnus Karlsenda ham shuncha ochko mavjud.
Eslatib o'tamiz, shaxmatchilar tur doirasida 2 ta partiya o'tkazishadi. G'alaba qozongan shaxmatchi 2 ochkoga ega bo'ladi.
Fikrlar
Иродали эканлигингни исботлаб бўлгансан чемпион бўлиб!!!
Омад ёр бўлсин!!!