02 apr 13:24
Yangiliklar
Futbol

Abduxoliqov gol urdi, "Al Sayliya"da durang
Qatar Yulduzlar ligasida 24-turdan o'rin olgan bir nechta uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
"Al Sayliya" safarda "Al Muayzir" mehmoni bo'ldi va 1:1 hisobida durang o'ynadi. Mezbonlar safida o'zbek muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Sato Minori to'p tepdi. Mehmonlar tarkibida Sanjar SHoahmedov va Temurxo'ja Abduxoliqov o'ynashdi. Abduxoliqov 30-daqiqada belgilangan penaltidan gol urishga erishdi.
24ta uchrashuvdan 27 ochko to'plagan "Al Sayliya" 14 jamoa orasida 9-o'rinda bormoqda.
Qatar Yulduzlar Ligasi. 24-tur
24ta uchrashuvdan 27 ochko to'plagan "Al Sayliya" 14 jamoa orasida 9-o'rinda bormoqda.
Qatar Yulduzlar Ligasi. 24-tur
"Al Muayzir" - "Al Sayliya" 1:1
Gollar: Ahmad Yosin 5 - Temurxo'ja Abduxoliqov 30 penalti
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar