So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

20 okt 10:30
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Abu-Dabidan yozamiz: UFC yulduzlari bilan uchrashuv, rossiyalik hamkasblarning fikri va boshqa taassurotlar

Xabaringiz bor, 22 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida UFC 280 turniri o'tkaziladi.

Yulduzli kardga ega bo'lgan mazkur turnirda o'zbekistonlik Mahmud Muradov ham oktagonga ko'tariladi. Kechaning markaziy jangida esa rossiyalik Islam Maxachev va Braziliya vakili CHarlz Oliveyra engil vazn chempionlik kamari uchun o'zaro jang qilishadi. 

Olamsport.com sayti vakillari ushbu turnirni bevosita musobaqa joyidan yoritish maqsadida Abu-Dabi shahrida bo'lib turishibdi. Ketma-ket tadbirlar sabab, turnir atrofidagi voqeliklar haqida yozishga vaqt bo'lmadi. Ana endi orada yuzaga kelgan biroz vaqtdan foydalanib, turnir atrofidagi muhit va taassurotlarni siz bilan bo'lishmoqchimiz. 

18 oktyabrdan 19 oktyabrga o'tar kechasi tunda "Fly Dubai" kompaniyasiga qarashli samolyotda megapolis Dubayga parvoz qildik. Reys vaqti cho'zilgani etmaganidek, Dubayga qo'nishga oz vaqt qolganida quyuq tuman sabab 1 soat davomida Arab ko'rfazi atrofida aylanib qoldi va bizning "arrival" yanada cho'zildi. 

Biroz kechroq bo'lsada shaharga qo'ndik va Dubaydan o'zimiz uchun ajratilgan avtomobil yordamida "Corniche Hotel" mehmonxonasiga yo'l oldik. 

Darvoqe, Toshkentdan Umra safariga yo'l olayotgan hamyurtlarimiz bilan birga parvoz qildik. O'z navbatida, musobaqaga yo'l olayotganimizni bilnan hojilarimiz musobaqada bizga, shuningdek yurtimiz sharafini himoya qiladigan Mahmud Muradovni duo qilib, omad tilashdi. 

Qiziqarli jihati, mehmonxonaga kirganimizda hamyurtimiz, MMA jangchisi Javohir Imomovni ham ko'rib qoldik. U bugun, 20 oktyabr kuni o'tkaziladigan UAE Warriors turnirida oktagonga ko'tariladi. Jangga oz muddat qolganda rozilik bergan Javohir ham biz bilan bir kunda, jangdan ikki kun oldin Abu-Dabiga etib keldi. Bugun u qozog'istonlik Ulan Tamgabaevga qarshi jang qilishi lozim. Javohir bir kun ichida o'zi uchun vazn meyorini bajara oldi. Biz esa imkoniyatdan foydalanib, UAE Warriors turnirida jang qiladigan sportchilarimizning ishtirokiga oid tafsilotlar bilan siz muxlislarni xabardor etib turibmiz. Agar UFC tadbirlari va uch nafar sportchimiz ishtirokidagi janglar vaqti bir-biriga to'g'ri kelib qolmasa, har ikki tadbir tafsilotlarini ham saytimiz muxlislari uchun havola qilamiz. 

UFC 280 turnirida biz uchun eng qiziq bo'lgan persona - Mahmud Muradov ham ayni paytda Abu-Dabida bo'lib turibdi. U bir necha kun oldin Polshadan Birlashgan Arab Amirliklariga etib kelgandi. Dubayda o'tgan uch kundan so'ng Mahmud ham 19 oktyabr kuni Abu-Dabiga kelib joylashgan. 

Va albatta UFC 280 atrofidagi voqeliklar haqida. Kecha turnir oldi media tadbirlari boshlandi. Abu Dabining Yas Orolidagi "Crown Plaza" mehmonxonasida UFC yulduzlari va jurnalistlar o'rtasida muloqot tashkil etildi. Unda biz ham savol bilan Petr Yanga murojat qildik. Kunning ikkinchi qismida esa "Yas Mall" savdo markazida sportchilar ochiq mashg'ulotlarda qatnashishdi. Baribir UFC muxlislar bilan ishlashda umuman boshqacha daraja ekanligi ko'rinib turibdi. Bu erdagi atmosferani so'z bilan tasvirlab berish qiyin.  Ishtirokchilar ichida Ti Jey Dillashou muxlislar uchun sovg'alar ulashdi. 

Mazkur tadbir davomida o'zbekistonlik yurtdoshlarimizni ham uchratib qoldik. Ular ayni paytda Abu-Dabi shahrida tahsil olayotgan ekanlar. 

Aytgancha, tadbirlar davomida OAV faoliyati uchun aloxida zonalar tashkil etilgan va faqatgina o'sha erda tasvir ishlarini olib borishga ruxsat etiladi. Mehmonxona yo'lakchasi, xovlisi va boshqa joylarda esa bu taqiqlangan. Bu bo'yicha tashkilotchilardan ikki marotaba ogohlantirish olishga ham "ulgurdik", 

OAV vakillari uchun maxsus bog'ichlar taqdim etilmoqda. Bu maxsus zonalarda tadbirni yoritish huquqini beradi


Tadbirlar davomida rossiyalik hamkasblarimizni ham uchratib qoldik. "OAV ro'yxatini ko'rganimda O'zbekistondan ham jurnalistlar borligini ko'rib qoldim. Bu men uchun yangilik bo'ldi. Avvallari sizning mamlakatdan jurnalistlar bunday darajadagi turnirda qatnashishmagandi. Sizlar uchun xursandmiz", - dedi rossiyalik hamkasbimiz. 

Saytimiz bosh muharriri Kamoliddin Alimov va Aziz To'xtamurodov tomonidan tayyorlangan materiallarni saytimiz va YouTube'dagi kanalimiz orqali kuzatib borayotgan bo'lsangiz kerak. Darvoqe, adashmasam hali o'zbekistonlik jurnalistlar bevosita UFC turnirlarini voqea joyidan yoritib borishmagan. Bu borada birinchi bo'lganimizdan xursandmiz va shunga yarasha muxlislar uchun qaynoqqina yangiliklar, suratlar va albatta YouTube kanalimiz orqali eksklyuziv videolarni etkazib borishni maqsad qilib qo'yganmiz.

Bugun Abu-Dabida UFC 280 turniri qatnashchilari ishtirokida katta matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda UFC prezidenti Dana Uayt ham ishtirok etadi. Ertaga esa vazn o'lchash hamda face-to-face marosimini kuzatamiz. 

Eslatib o'tamiz, turnir 22 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi. Janglar telegramdagi UFC LIVE kanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. 


Kamoliddin Alimov, Aziz To'xtamurodov - Abu-Dabi shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing