So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

24 avg 09:51
Yangiliklar

SHaxmat

Abu Dhabi Chess Festival 2024. Bugun so'nggi tur, ikki shaxmatchimiz peshqadam!

BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 63 600 AQSH dollarini tashkil etuvchi Abu Dhabi Chess Festival 2024 turnirining "Masters" guruhida 11 nafar shaxmatchimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Kecha o'tkazilgan 8-turdan so'ng musobaqa jadvalida yosh grossmeysterlarimiz Nodirbek Yakubboev (2665) va SHamsiddin Vohidov (2643) 6,5 ochko bilan qo'shhokimlikni yuzaga keltirishdi. 

Ularning har ikkisi ham hali turnirda mag'lubiyatga uchramagan. Nodirbek Yakubboev oq donalarda braziliyalik Luis Paolo Supi (2571)ni mag'lubiyatga uchratdi. Vohidov esa ketma-ket beshta g'alabadan keyin ochko yo'qotdi. SHamsiddin oq donalarda hindistonlik Raunak Sadhvani (2653) bilan durang o'ynadi. 

Bu turda Javohir Sindarov (2674) muhim g'alabani qo'lga kiritdi. U hindistonlik Adhiban (2532)ni taslim etib, ochkolarini 6 taga etkazib oldi. Sindarovda ham oz bo'lsa-da, chempionlik uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Bahrom Baxrillaev (2344) oq donalarda Jimmi Jubin (Hindiston, 2441)dan ustun keldi.  

Sakkizinchi turda qolgan shaxmatchilarimizdan Abdumalik Abdusalimov va Humoyun Begmuratov raqiblariga imkoniyatni boy berishdi. Ortiq Nig'matov, Muhammadzohid Suyarov, Saidakbar Sayidaliev va Afruza Hamdamova bu safar ham durang natija qayd etishdi. 

Bugun o'tkaziladigan so'nggi 9-turda SHamsiddin Vohidov o'zi singari 6,5 ochko jamg'argan David Paravyan (FIDE, 2600)ga qarshi oq donalarda o'ynaydi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 1-o'rinni egallab turgan Nodirbek Yakubboev qora donalarda Leon Mendonsa (Hindiston, 2621) bilan hisob-kitob qiladi. CHempionlik Nodirbekning o'z qo'lida. Agar Yakubboev ochko yo'qotib, aksincha SHamsiddin g'alaba qozonsa, aynan u bosh sovrinni qo'lga kiritadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing