So’nggi yangiliklar

12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0 07:57UFC on ESPN 72 турнирининг барча жанглари натижаси битта хабарда + ФОТО 0

23 avg 14:59
Yangiliklar

SHaxmat

Abu Dhabi Chess Festival 2024. Qatorasiga beshinchi g'alabasini qo'lga kiritgan SHamsiddin yakka peshqadamga aylanib oldi!

Xabaringiz bor, shu kunlarda BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 63 600 AQSH dollarini tashkil etuvchi Abu Dhabi Chess Festival 2024 turnirining "Masters" guruhida 11 nafar shaxmatchimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Ortda qolgan 7-turdan so'ng musobaqa jadvalida yosh grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov (2643) 6 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. U 7-turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, hindistonlik Pranav (2598)ni mag'lubiyatga uchratdi. 

Hali mag'lubiyatga uchramagan yana bir grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev (2655) bu turda qora donalarda harakat qilib, FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan David Paravyan (2600) bilan durangga imzo chekdi. Javohir Sindarov (2674) esa oq donalarda Luke Leon Mendonsa (Hindiston, 2621) bilan murosaga ko'chasini tanladi. 

Ettinchi turda shaxmatchilarimizdan Abdumalik Abdusalimov, Ortiq Nig'matov va Bahrom Baxrillaev raqiblarini mag'lub etishdi. Muhammadzohid Suyarov, Saidakbar Sayidaliev va Afruza Hamdamova bu safar ham durang natija qayd etishdi. 

Bugun o'tkaziladigan 8-tur oldidan SHamsiddin Vohidov 6 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib olgan bo'lsa, Nodirbek Yakubboev 5,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Javohir Sindarov, Abdumalik Abdusalimov va Ortiq Nig'matov hisobida 5 tadan ochko bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing