So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

02 iyu 18:25
Yangiliklar

Boshqalar

Adliya vaziri Ruslan Davletov O'zbekiston basketbol federaciyasi prezidenti etib saylandi

Teglar :  DavletovBasketbol
Bugun, 2 iyun kuni Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston basketbol federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenaciyasi bo'lib o'tdi.

Unda MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonov, Bosh kotib Jasur Matchanov, Prezident maslahatchisi Komiljon Xudoyberganov, O'zbekiston basketbol federaciyasi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Konferenciya avvalida yig'ilganlarga kun tartibi tanishtirildi. Unga ko'ra, federaciya rahbarining vakolat muddati yakunlangani sabab tashkilotga yangi rahbar saylab olish kunning asosiy masalasi sifatida qayd etildi.

SHundan so'ng federaciya mutasaddilari tomonidan tashkilot faoliyatiga oid taqdimot namoyish etib berildi. Unda basketbol federaciyasi faoliyati, rivojlanish tarixi, bugungi kundagi holati tanishtirildi, so'nggi vaqtlarda yuzaga kelgan muammolar, kamchiliklar qayd etib o'tildi.

Bungacha O'zbekiston basketbol federaciyasi prezidenti sifatida faoliyat olib borgan Dusanov Zohid Abduqayumovich sog'lig'i yomonlashgani sababli o'z lavozimini tark etgani malum qilindi.

So'ngra, kun tartibiga binoan delegatlar tomonidan federaciyaning yangi nizomi tasdiqlandi.

Keyin esa federaciya rahbarligi lavozimiga O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Davletov Ruslanbek Quroltoevich nomzodi taklif etildi. Konferenciya ishtirokchilari ushbu nomzodni bir ovozdan qo'llab-quvvatladilar. SHu tariqa R.Davletov O'zbekiston basketbol federaciyasining prezidenti etib saylandi.

"Bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Ishonchni oqlayman. Birinchi vazifamiz, federaciya tizimidagi ishni to'g'ri yo'lga qo'yib olishdir. Tashkilot tizimini qayta ko'rib, kimning qanday imkoniyatlarga ega ekanligini o'rganib chiqamiz. Basketbolni rivojlantirish uchun bizga malakali mutaxasisslar kerak bo'ladi. Bu borada qo'llab-quvvatlashingizga umid qilaman va kelajakda albatta yaxshi natijalarni qo'lga kiritamiz", - dedi R.Davletov.

SHuningdek, yangi rahbar viloyatlarda ham basketbolni rivojlantirishga etibor qaratishini, terma jamoa uchun xorijdan malakali murabbiylar jalb qilinishini, bugungi kunda eng asosiy muammolardan biri bo'lib turgan baza masalasi hal qilinishiga ham alohida urg'u berib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing