27 may 14:08
Yangiliklar
Futbol

Afrika Millatlar kubogi 2022 yilga ko'chiriladi
Afrika futbol Konfederaciyasi yaqin bir hafta ichida qita birinchiligi boshqa muddatga ko'chirilganini elon qiladi.
Bu haqda "RMC" portali malumot tarqatdi.
Avvaliga Afrika Millatlar kubogi 2021 yilning yanvar oyida Kamerunda bo'lib o'tishi kerak edi. Endi esa musobaqa 2022 yilning yanvarida o'tkaziladi.
Afrikada COVID-19 virusini yuqtirib olganlar 120 ming nafardan oshib ketdi. 3 yarim mingdan ziyod o'lim holati kuzatildi, 50 mingdan ko'proq odam koronavirusdan tuzaldi.
Afrika Millatlar kubogining amaldagi g'olibi Jazoir terma jamoasi hisoblanadi. Riyad Marez etakchiligidagi jamoa 2019 yilda ushbu sovrinni qo'lga kiritgan.
Havola :
Fikrlar