So’nggi yangiliklar

17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0 17:03АПЛда "Мавсум футболчиси" соврини ғолиби аниқланди 0 16:42Рэпер Дрейк Тайсон Фьюрининг ғалабасига катта пул тикди 0 16:21Светлана Осипова ва Диёрбек Тўхлибоев ҳам Осиё чемпионати шоҳсупасига кўтарилди 0 16:00Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз учун қуръа қандай келди? 0 15:39Модрич "Реал"даги келажаги борасида бир қарорга келди 0 15:24Баҳодир Жалолов Россиядаги турнир финалида Лазизбек Мулложонов билан жанг қилди! 0 15:18Анвар Анваров Кипрда кумуш медаль соҳибига айланди 0 14:57Стол тенниси. Қизларимиздан ҳеч ким Париж-2024 Олимпиадасига бормайди, йигитларда имконият бор 0 14:36Жасурбек Жайсунов - Осиё чемпиони! 0 14:15"Барселона" Хавини истеъфога чиқарса қанча товон пули тўлайди? 0 13:54UFC Fight Night 241 турнири жангчилари тарозига чиқишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:33Рим WTA 1000 турнирининг жуфтлик баҳсларида финалчилар аниқланди 0 13:12Астанада давом этаётган “Элорда кубоги”да финал жанглари бошланди 0

28 dek 19:55
Yangiliklar

SHaxmat

Afruza Hamdamova rapid yo'nalishida qizlarimiz orasidagi eng yaxshi natija muallifi bo'ldi (To'liq natijalar)

Xabaringiz bor, Samarqandda FIDE Jahon chempionati o'tkazilmoqda.

SHaxmat mundialidagi rapid yo'nalishida ayollar o'rtasidagi bellashuvlar yakunlandi.

Uch kun davomida shaxmatchilar 11 ta partiyada ishtirok etdi. Yakunda Xalqaro neytral sportchi Anastasiya Bodnaruk 8,5 ochko bilan chempion bo'ldi.Kuchli uchlikdan Hindiston vakilasi Humpi Koneru hamda xitoylik Ley Tingji joy oldi.

Bahslarda O'zbekiston terma jamoasining 13 nafar azosi ham ishtirok etdi.

Yakunda hamyurtlarimiz orasidagi eng yaxshi natija Afruza Hamdamovaga tegishli bo'ldi. U 11 ta imkoniyatdan 6,5 ochko jamg'irishga muvaffaq bo'ldi. Yosh hamyurtimiz bu natijasi orqali Jahon chempionatini 34-o'rinda yakunladi.

Umida Omonova esa 11 ta urinishdan 5,5 ochko ishladi va 57-pog'onadan joy oldi.

Sarvinoz Qurbonboeva hamda Nodira Nodirjonova 4,5 ochko to'plagan bo'lsa, Guldona Karimova, Nilufar Yakubboeva hamda Maftuna Bobomurodova 4 ochko ishlashga muvaffaq bo'ldi.

SHuningdek, Marjona Malikova, Yulduz Hamroqulova hamda Zilola Aktamova 11 ta imkoniyatda 3,5 ochko ishladi. Hulkar Tohirjonova va SHahnoza Hamroqulova esa Jahon chempionatini 3 ochko bilan yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing