So’nggi yangiliklar

19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0

08 noy 09:38
Yangiliklar

SHaxmat

Afruza Hamdamovada yana g'alaba, uni jahon chempionligidan yarim ochko ajratib turibdi

Braziliyaning Santa-Katarina shtati Florianopolis shahrida shaxmat bo'yicha uchta yosh toifasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Dunyo birinchiligining 16 yoshgacha bo'lgan qizlar musobaqasida Afruza Hamdamova muvaffaqiyatli odimlamoqda. Hamyurtimiz 9-turda FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan Yana Japovani oq donalarda mag'lubiyatga uchratib, o'z ochkolarini 8,5 taga etkazib oldi. 

Hamdamova 9 ta uchrashuvdan faqat bittasida durang o'ynab, qolgan barcha partiyalarda zafar quchdi. Oldinda yana ikkita tur bor. Afruzaning eng yaqin taqibchisi yana bir FIDE bayrog'i ostidagi Leyla Tabermakova 7 ochkoga ega bo'lib turibdi. SHaxmatchimiz 8-turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, Tabermakovani taslim etgandi. Bugun vatandoshimiz 10-turda hindistonlik Mrittika Malikka qarshi qora donalarda o'ynaydi va durang ham uni jahon chempioniga aylantiradi. Afruza Hamdamova o'tgan yili Italiyada 14 yoshgacha shaxmatchilar o'rtasida ham jahon chempioni bo'lgan edi. 

Braziliyalidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha o'g'il bolalar musobaqasida qatnashayotgan Javohir Bozorov 6 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 20-o'rinni egallab turibdi. U 9-turda AQSH vakili Velant Talvalkardan ustun keldi. Bugun u 10-turda qora donalar FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan Aleksey Proxorovga qarshi bahs olib boradi. Bu yosh toifasida qozog'istonlik Edgar Mamedov 7,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi.   

Quvonarlisi, 14 yoshgacha qizlar musobaqasida muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etayotgan Nilufarxon Imomqo'zieva jahon chempionati medallaridan birini qo'lga kiritishga juda yaqin turibdi. SHaxmatchimiz 9-turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, franciyalik Emili Negreni mag'lub etdi. Nilufar 7 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'rinni band etgan. Peshqadam Diana Hafizova (FIDE) hisobida 8 ochko bor. Hamyurtimiz 8-turda aynan Dianaga yutqazib qo'ygandi. Bugun Imomqo'zieva 10-turda qora donalarda Oksana Goryachkina (FIDE)ga qarshi bahs olib boradi.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing