03 iyu 07:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Afsonalar reytingi elon qilindi, Tayson Top-10ga ham kiritilmadi
Professional boksni yoritishga ixtisoslashtirilgan dunyoga mashhur Boxrec portali ushbu sport turi haqidagi afsonalar Top-10 reytingini tuzdi.
Etiborlisi, ushbu ro'yxatga superog'ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson kiritilmagan. Birinchi o'rinni 50 ta jangning barchasida g'alaba qozongan amerikalik Floyd Meyvezer band etgan. Kuchli uchlikdan Menni Pakyao va Karlos Monson joy olishdi. Afsonaviy Muhammad Ali 4-o'ringa loyiq ko'rilgan.
Afsonalar Top-10 reytingi (Boxrec talqinida):
1. Floyd Meyvezer — 50 g'alaba, 0 mag'lubiyat, 0 durang
2. Menni Pakyao — 62-7-2
3. Karlos Monson — 87-3-9
4. Muhammad Ali — 56-5-0
5. SHugar Rey Robinson — 174-19-6
6. Bernard Xopkins — 55-8-2
7. Jo Luis — 66-3-0
8. Archi Mur — 186-23-10
9. Oskar de la Xoyya — 39-6-0
10. Xulio Sesar CHaves — 107-6-2.
Havola :
Fikrlar