06 okt 10:32
Yangiliklar
Tennis

Afsonaviy Bekker 60 mln evrolik qarzini to'lash uchun sovrinlarini sotyapti
Germaniyalik sobiq tennischining ayni paytdagi qarzi 60 million evroga etgan.
Qarzlarini yopish uchun esa u o'zi qo'lga kiritgan sovrinlarini sotishga qaror qildi. SHu jumladan, “Uimboldon” turniridagi bosh mukofotini ham sotib yubormoqchi.
Bundan tashqari, Bekker elita toifasidagi soatlar kollekciyasini ham sotishni rejalashtirgan. Frankfurter Allgemeine Zeitung nashrining xabariga ko'ra, Bekkerning sarmoyadorlardan umumiy qarzi 61 million evroni tashkil qiladi.
Boris qarzini berishi kerak bo'lgan ro'yxatdan jami 14 kishi joy olgan. SHuningdek, boshqa tashkilotlar ham bor. Bekkerning eng katta qarzi 37 million evroni tashkil etadi. U shuncha summani Germaniya-shveycariyalik tadbirkor Gans-Diter Klevenga to'lab berishi shart.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar