07 iyu 08:33
Yangiliklar
SHaxmat
Afsonaviy Kasparov faoliyatini qayta tiklaydi
Rossiyalik afsonaviy shaxmatchi, sobiq jahon chempioni Garri Kasparov faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi.
O'n uchinchi jahon chempioni Sent-Luis shahrida ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Sinquefield Cup turnirida ishtirok etadi. Kasparov ushbu musobaqaning blic va rapid bahslarida qatnashadi.
Garri Kasparovdan tashqari mazkur turnirda Fabiano Karuana, Levon Aronyan, Xikaru Nakamura, Sergey Karyakin, Vishvanatan Anand, Yan Nepomnyashhiy, Lener Dominges va Le Kuang Lem ishtirok etadi.
Malumot uchun, Garri Kasparov shaxmatdagi professional faoliyatini 2005 yilda yakunlagan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar