27 avg 09:31
Yangiliklar

Afsonaviy Maradona 30 yil o'tib, noqonuniy tug'ilgan farzandini tan oldi
Kichik Diego Maradona 1986 yilda otasining “Napoli”da o'tgan yulduzli onlarida dunyoga kelgan. U ayni paytda sohil futboli bo'yicha Italiya terma jamoasining azosi xisoblanadi.
Uning onasi neapollik Kristiana Sinagra 1987 yilda matbuotga intervyu berib, farzandi Diego Armando Maradonadan tug'ilganini malum qilgan. O'sha paytda Diego Armando buni tan olmagan va xatto DNK-testidan o'tishdan ham bosh tortgandi.
Maradona Sinagra bilan faqat bir marotaba 2003 yilda Italiyadagi golf maydonlarining birida uchrashgan. Maradonaning qonuniy rafiqasi Klaudio Vilyafanidan Dalma va Jianinna ismli ikki qiz farzandi bor.
Nihoyat, kuni kecha Maradona o'z o'g'li bilan Buenos-Ayresdagi uyida uchrashdi. Maradona o'g'lini quchoqlab, “Sen mening o'g'limsan!” dedi. Bu so'zlarni kichik Maradona rosa 30 yil kutgandi.
Fikrlar