26 mar 07:08
Yangiliklar
Futbol

Afsonaviy meksikalik murabbiy 103 yoshda vafot etdi
Meksika futboli motam tutmoqda.
1916 yilda tug'ilgan Ignasio Treles hayotdan ko'z yumdi. U turli klublar bilan 8 marotaba Meksika chempionatida zafar quchgan, ligada 1083ta o'yinda murabbiy sifatida ishtirok etgan edi.
Treles 5 marotaba Meksika terma jamoasi boshqaruviga tayinlangan (106 o'yin). 1958, 1962 va 1966 yilgi mundiallarda o'z mamlakati bosh jamoasi bilan ishtirok etgan mutaxassis bundan 29 yil avval murabbiylik faoliyatini yakunlagan edi.
Havola :
Fikrlar