16 noy 06:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Afsonaviy Oskar de la Xoyya Bektemir Meliqo'ziev haqidagi fikrlarini bildirdi
Xabar berib o'tganimizdek, kecha bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev "Golden Boy" kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.
Yaqin o'tmishning mashhur bokschisi va "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi rahbari Oskar de la Xoyya ushbu kelishuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bektemir Meliqo'ziev borasida "Mir Boksa" bilan hamkorlik qilayotganimizdan xursandmiz. U haqiqiy yirtqich. U kuchli, chidamli va o'z vazn toifasiga nisbatan ancha tezkor. Biz uning reytingda tezroq ko'tarilishini kutyapmiz va 168 funt vazn toifasida o'z imzosini qo'yadi", - dedi Oskar de la Xoyya BoxingScene nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar