30 iyu 09:14
Yangiliklar
Futbol

Agar “Atletiko” mag'lub etilmasa, Setenga chiqish eshiklari ko'rsatiladi
“Barselona” rahbariyati jamoa “Atletiko” va “Vilyarreal”ga qarshi o'yinda ochko yo'qotsa, bosh murabbiyi Enrike Setenga chiqish eshiklarini ko'rsatishi mumkin, deya xabar bermoqda AS.
Nashrning tasdiqlashicha, agar bugun “Atletiko”ga qarshi o'yinda kataloniyaliklar uch ochkoni qo'lga kirita olishmasa, Seten istefoga chiqarilib, mavsum oxiriga qadar jamoani “Barselona V” ustozi Xaver Garsiya Pimenta boshqarib turadi.
Ilgariroq “Barselona” futbolchilari va Seten o'rtasida “Selta”ga (2:2) qarshi uchrashuvdan keyin kelishmovchilik kelib chiqqanligi haqida xabarlar chiqqandi. Futbolchilarga murabbiyning taktik qarorlari maqul tushmagan. Futbolchilarning fikricha, agar vaziyat o'zgarmasa, jamoa muvaffaqiyatlarga erishishi qiyin.
“Barselona” La Liga 32-turidan keyin 69 ochko jamg'arib, chempionat turnir jadvalida ikkinchi pog'onani band etgan.
Havola :
Fikrlar