02 dek 16:02
Yangiliklar
Futbol
Agar Rangnik Xolandni MYUga olib kela olsa, klub unga katta bonus to'laydi
"Manchester Yunayted" rahbariyati Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Erling Xoland uchun kurashda g'alaba qozonmoqchi.
Angliya klubi muzokaralarda jamoaning yangi murabbiyi Ralf Rangnikning yordamiga umid qilmoqda.
Nemis mutaxassis norvegiyalik futbolchi va uning oilasi bilan yaxshi tanish. Aynan Rangnikning tashabbusi bilan skandinaviyalik to'purar "Zalcburg"ga chaqirilgan, so'ng "Borussiya"ga o'tgan edi.
Agar mutaxassis Erlingni "Old Trafford"ga olib kela olsa, u katta bonus oladi. Manchesterliklar murabbiyga 10 million evro taqdim etishadi.
Havola :
Manba : Todofichajes
Fikrlar