27 iyu 16:41
Yangiliklar
Futbol

Agarda Mbappe yoki Xoland olinsa, "Real" boshqa transfer qilmaydi
Madridning "Real" klubi rahbariyati yozgi transfer bozorida katta xaridlarga qo'l urmoqchi emas.
"Marca" xabariga ko'ra, klub rahbariyati bosh murabbiy Karlo Anchelottiga yozgi transferlardagi rejani malum qilgan. Agarda PSJ forvardi Kilian Mbappe transfer qilinmasa, "Borussiya" hujumchisi Erling Xoland bilan shartnoma imzolash ishlari boshlanadi.
Italiyalik murabbiy ham klubning ayni damdagi moliyaviy holati sababli barchasiga rozi bo'lgan. O'z navbatida u ijaraga berilgan Martin Edegorni "Arsenal"dan qaytarib olishni talab qilmoqda.
Havola :
Fikrlar