27 okt 17:50
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/47573_220.jpg)
AGMK va "Paxtakor" Farg'onada tantanali tarzda kutib olindi FOTO
Xabaringiz bor, joriy yilgi O'zbekiston kubogi final bahsiga Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadioni mezbonlik qiladi.
Final ertaga, 28 oktyabr kuni soat 15:00da start oladi.
Bugun finalning har ikki ishtirokchi jamoalari – AGMK hamda "Paxtakor" vakillari Farg'ona shahriga etib kelishdi. Vokzalda ikkala jamoani tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Unda, O'FA hamda PFL, Farg'ona viloyati hokimligi va viloyat futbol associaciyasi vakillari ham ishtirok etishdi. Jamoalar final oldi atmosfera ancha yuqori ekanidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
Takidlash joiz, final bahsi ertaga "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadi. O'yinga kirish imkonini beradigan chiptalar stadion kassalarida muxlislarga bepul tarzda taqdim etilmoqda.
Havola :
Manba : pfl.uz
Fikrlar