03 sen 10:49
Yangiliklar
Futbol

Aguero 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi, tabiiyki, derbida maydonga tushmaydi
Angliya futbol associaciyasi “Manchester Siti” klubi hujumchisi Serxio Aguerroni 3ta o'yinga diskvalifikaciya qildi.
Premer-liganing 3-turi doirasidagi “Vest Xem”ga qarshi kechgan o'yin (3:1)da Aguerro mehmonlar himoyachisi Uinston Ridga atayin tirsagi bilan zarba bergan edi.
Uchrashuv bosh hakami Andre Mariner bu epizodni ko'rmay qolgan edi. lekin takroriy lavhalardan so'ng futbolchining bu harakati atayin qilingan, deb topildi.
Endi argentinalik futbolchi Manchester derbisida jamoasiga yordam bera olmvydi. SHuningdek, “Bornmut” va “Suonsi”ga qarshi uchrashuvlarda ham maydonga tushmaydi.
Havola :
Fikrlar