29 avg 12:19
Yangiliklar
Futbol

Aguero diskvalifikaciya sabab Manchester derbisini o'tkazib yuborishi mumkin
“Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero “Vest Xem”ga qarshi o'yinda (3:1) sportchilarga xos bo'lmagan harakati uchun jazolanishi mumkin.
Aguero uchrashuv paytida “Vest Xem” himoyachisi Uinston Ridga tirsagi bilan zarba berdi. Hakam Andre Marriner bu vaziyatni ko'rmay qoldi, ammo Angliya futbol Associaciyasi vaziyatni qayta ko'rib chiqib Agueroni diskvalifikaciya qilishi mukin.
Agar amalda ham shunday bo'lib chiqsa, argentinalik futbolchi Manchester derbisini o'tkazib yuboradi. “Manchester Siti” 10 sentyabr kuni “Manchester Yunayted”ga qarshi maydonga tushadi.
Havola :
Manba : Manchester Evening News
Fikrlar