16 sen 11:05
Yangiliklar
Futbol

Aguero “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2020 yilgacha uzaytirdi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi hujumchisi Serxio Aguero “shaharliklar” bilan amaldagi kelishuvini uzaytirdi.
The Telegraph nashri xabariga ko'ra, 28 yoshli argentinalik futbolchining yangi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolanadi. 2014 yilda Aguero “Siti” bilan “5+1” ko'rinishida shartnoma tuzgandi va endi uni uzaytirish imkoniyatidan foydalanmoqda.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda Aguero 9ta gol urdi. Ikki marta xet-trik qayd etdi.
Havola :
Fikrlar