23 iyu 19:08
Yangiliklar
Futbol

Agueroning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi, u operaciya qilinadi
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Agueroning otasi Lionel del Kastilo o'g'lining jarohati haqida gapirdi.
"Yaqinda u bilan gaplashdim. Hafta davomida tizzasi uni bezovta qilgan. Serxio meniska jarohatini olgan, endi MRT qilinadi va jarohat darajasi aniqlanadi.
O'ylaymanki, payshanba yoki juma kuni Barselonada uni operaciya qilishadi, oldin ham o'sha erda jarrohlik amaliyoti o'tkazilgan", - deydi Agueroning otasi.
Aguero kecha APL 30-turi doirasidagi "Byornli"ga qarshi o'yinning birinchi taymidan so'ng jarohat olgan edi.
Serxio joriy mavsum "Siti" libosida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar