So’nggi yangiliklar

17:502029 йилги Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати Мексикада ўтиши мумкин — FMF 0 17:19Макгрегор Ислам Махачевни Хабиб Нурмагомедовдан юқори баҳолади 0 16:452030 йилги қишки Олимпия ўйинлари дастуридаги ўзгариш эълон қилинди 0 16:18Рамазон Темиров Эрцегга қарши жанг олдидан Таиланддаги йиғинни якунлади (ФОТО) 0 15:52Моуринью "Реал"га керак бўлмаган ярим ҳимоячини аниқлади 0 15:10"Анча ёпиқ тарзда ишладик". Макгрегор Холлоуэйга қарши жанг учун тайёргарлик ҳақида гапирди 0 14:28Анвар Анваров Финляндиядаги халқаро мусобақада зафар қучди 0 13:41"Ҳурматсизлик қилишни камайтир, омадсиз". Макгрегор Гэтжининг чақирувига жавоб берди 0 13:17Неймарга 10 кун вақт берилди 0 12:43Олимпиада чемпиони Данияр Елеусинов Астанада маст ҳолатда қўлга олинди 0 12:09"У менга нима таклиф бера олади?" Макгрегор — Шавкат Раҳмонов билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 11:00Россиянинг халқаро спортга қайтиши: Ўзбекистон учун бу нимани англатади? (мутолаа учун) 0 10:33Англия термасининг тўрт ўйинчиси Норвегия билан учрашув олдидан жамоавий машғулотни ўтказиб юборди 0 09:51Бугун Осиё чемпионатида 7 боксчимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 09:18Конор Макгрегор UFC тарихидаги энг буюк ярим енгил вазн жангчисини айтди 0

29 sen 10:05
Yangiliklar

Futbol

Ahad Yusupov: “Afg'onistonni mag'lub etishimizga ishonaman”

Xabar berganimizdek, bugun plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Vetnam mezbonlik qilayotgan sohil sport turlari bo'yicha Osiyo o'yinlarining chorak finalida Afg'oniston terma jamoasiga qarshi qumga tushadi.

Biz hozircha terma jamoamizning so'nggi o'yini bo'lib turgan – BAAga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng bosh murabbiy Ahad Yusupovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Ahad aka, Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikdan ko'nglingiz to'lmadi, shundaymi?

- SHunday deyish ham mumkin. Tayyorgarlik Toshkentda bo'lib o'tdi. Osiyo o'yinlariga jo'nab ketish oldidan bir hafta mobaynida poytaxtimizda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdik. Tarkibda o'zgarishlar ro'y berdi. Asosan tajribali futzalchilarga suyandik. Jahon chempionatiga bormagan Jamoliddin SHaripov, Andrey SHlema singari tajribali futzalchilardan umidimiz katta edi. Ayniqsa, to'purar futzalchimiz ilk o'yindayoq ishonchni oqladi. Jamoliddinning ikkita goli terma jamoamizga as qotdi. Keyin tajribali futbolchi Zayniddin Tojievni ham safimizga qo'shib oldik. U ham jamoamizning g'alabasiga o'z ulushini qo'shdi, deb ayta olaman.


- Bevosita o'yin haqida qanday fikrdasiz? Jamoaviy o'yin pand bermadimi? 

- SHu narsani cho'chigandim. Lekin yigitlar bir jamoa bo'lib harakat qilishdi. O'yin mobaynida 3:1 hisobida oldinga chiqib olgandik. Lekin so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborgan gollar sabab asosiy vaqtda durang natija qayd etildi. Ekstra taymlarda ham vaziyat o'zgarmadi. Penaltilar seriyasida SHlema va Faxrutdinov o'zlarini ko'rsatishdi. O'z o'rnida darvozabonimiz Akmal Xazratqulov ham raqib futbolchilarining ikkita zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. SHu tariqa, guruh g'olibi sifatida chorak finalga chiqdik. Yarim final chiptasi yo'lidagi raqibimiz Afg'oniston terma jamoasi bo'ladi. Bu jamoaning Xitoyga qarshi o'yinini ko'rdim. O'ylaymanki, payshanba kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvda g'alaba biz tomonda bo'ladi.

- Ob-havo qanday?

- Issiq va namgarchilik yuqori. O'yin paytlari nafas olish qiyin. Lekin futbolchilarimiz mahalliy iqlim sharoitiga moslashib olishdi.

- Tashkilotchilik qay darajada?

- Osiyo o'yinlari bo'lgani uchun, tashkilotchilik borasida hech qanday muammo yo'q. Barcha sharoitlar yaratilgan. 

- Terma jamoamiz oldiga aniq maqsad qo'yilganmi?

- Sovrinli o'rinlardan birini qo'lga kiritishimiz kerak. Bundan ikki yil avval Tailandning Pxuket shahrida o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida beshinchi o'rin bilan kifoyalangandik. Bu safar natijani yaxshilashga harakat qilamiz.

    Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi


Reyting:    

Fikrlar

   
29 sen 15:33:12
Muhar
Eee bizayam ishonamiz!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing