22 okt 16:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Ahmadaliev jamoasining shikoyatiga qaramay, IBF Inouega majburiy himoya jangini tayinladi
Ikkinchi eng engil vaznda mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue (28-0, 25 KO) birinchi navbatda IBF chempionlik kamarini himoya qiladi.
Xabar berganimizdek, jang avstraliyalik majburiy davogar Sem Gudmanga (19-0, 8 KO) qarshi bo'lib o'tadi.
Tomonlar jang bo'yicha muzokaralarni sentyabr oyi o'rtalarida boshlashlari kerak edi, biroq ular kelishuvga erisha olishmadi. Promouterlar o'rtasidagi jangni tashkil etish huquqini beruvchi kimshodi savdosi esa 29 oktyabr kuni bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.
Avvalroq, Inouening WBA kamari uchun majburiy davogar hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievning jamoasi IBF tashkilotiga murojaat qilgan va unda Gudmandan oldinroq davogar maqomida aynan bokschimiz ekani aytilgandi.
Inoue - Gudman jangi 24 dekabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : ua.tribuna.com
Fikrlar