10 dek 13:15
Yangiliklar
Futbol
Ahmedovning “Krasnodar”i BAA va Turkiyada yig'in o'tkazadi
“Krasnodar” klubining Rossiya chempionatining bahorgi qismiga qanday tayyorgarlik ko'rishi malum bo'ldi.
Ayni paytda klub futbolchilari tatilga chiqishdi. 9 yanvarda jamoa yig'iladi va tibbiy ko'rikdan o'tadi.
11 yanvarda “Krasnodar” futbolchilari ilk xorijiy yig'inni o'tkazish uchun BAAga uchib ketishadi. Bu yig'in 21 yanvarga qadar davom etadi.
Ikkinchi va uchinchi yig'in Turkiyaning Belek shahrida bo'lib o'tadi. Jamoa Krasnodarga 11 fevralda qaytadi va “CHetuk” bazasida Evropa ligasi 1/16 finali o'yinga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Havola :
Fikrlar