So’nggi yangiliklar

17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0

24 avg 16:59
Yangiliklar

Boks/MMA

AIBA JCH medallariga davogarlar orasida 8 nafar o'zbek bokschisini qayd etdi

Yaqinlashib kelayotgan jahon chempionati oldidan AIBA rasmiy sayti xar bir vazn toifasida sovrinli o'rinlarni egallashi mumkin bo'lgan bokschilar haqidagi maqolani taqdim etdi.

Etiboringizga ushbu maqolaning qisqacha mazmunini taqdim etamiz.

-49 kg: Rio Olimpiadasi chempioni, eng yaxshi bokschi uchun beriladigan "Vel Barker" sovrini sohibi Hasanboy Do'smatov engil vazn toifasida g'olib chiqish uchun asosiy davogar  hisoblanadi. Undan tashqari Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi kolumbiyalik Yuberjen Martines ham 2017 yilni yaxshi o'tkazmoqda. Ularga bosh sovrin uchun kurashda kubalik Yoxanna Argilagos, rossiyalik Vasiliy Egorov, ispaniyalik Samuel Karmona va hindistonlik Amit Pangailar halal berishlari mumkin. Olimpiadada ikki marotaba qatnashgan Karlos Kuimo (Ekvador) va ingliz Galal Yafaylar ham janglarga tayyorlar.



-52 kg: Ushbu vazn toifasida ikki yil oldin Dohada kumush medalni qo'lga kiritgan kubalik Yosbani Veitia etakchi hisoblanmoqda. SHuningdek, Evropaning ikki karra chempioni Danil Asenov ham Xarkovda o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata olgandi. Jazoir terma jamoasi azosi Muhammad Flissi so'nggi ikkita jahon chempionatida ham sovrindorlar qatoridan joy olgandi. O'zbekiston terma jamoasiga qaytgan Jasurbek Latipov ham bronza va kumush medallarini oltinga aylantirish uchun ishonch bilan harakat qiladi. Mexbon Xamza Touba va ukrainalik Dmitriy Zamotaevlar ham turnirga yaxshi tayyorlanganlar.



-56kg: Gamburgda bizni Amerika chempioni, dominikanlik Leonel Santos, Evropa chempioni hisoblangan angliyalik Petr MakGrail va Osiyoda tengsiz deb topilgan Murodjon Ahmadalievlar o'rtasida juda qizg'in bahslar kutmoqda. Xaver Ibanes ham "Kuba Domadores" safida bu mavsum yaxshi taassurot qoldira oldi. SHuningdek, AQSHning yosh vakili Gercog Ragan ham chempionatga o'ziga ishongan holda tashrif buyurmoqda.



-64kg: Doha turniri chorak finalchisi hisoblangan kubalik Endi Kruz yangi vazn toifasiga ancha moslashib oldi. Germaniyalik Artyom Arutyunyan esa o'z mamlakatida bo'lib o'tadigan chempionatda ham o'zini ko'rsatishga harakat qilishi aniq. SHuningdek, rossiyalik Vitaliy Dunaycev chempionlik unvonini himoya qilishi lozim. Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi Lorenco Sotomayor ham odatdagidek sovrindor bo'lish uchun davogarlar orasidan o'rin olgan. O'zbekiston esa ushbu chempionatda yangi istedod sohibi hisoblangan Iqboljon Xoldorov bilan qatnashmoqda. 




Davomi bor...

Reyting: +1   

Fikrlar

   
25 avg 11:35:03
sports_fan
Davomi.....???
   
24 avg 23:32:01
Ali
Davomi musoboqadan keyinmi
   
24 avg 20:24:26
Ангрен
Давомини тезлаштирилар
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing