So’nggi yangiliklar

19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0

07 fev 18:51
Yangiliklar

Boks/MMA

AIBA prezidenti bilan uchrashuvda O'zbekistonda boks bo'yicha yirik musobaqalarni tashkil qilish masalasi muhokama qilindi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda O'zbekiston MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov ayni paytda xizmat safari bilan Rossiya Federaciyasida bo'lib turishibdi.

Mutasaddilarimiz tashrif davomida Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasi (AIBA) prezidenti Umar Kremlev va Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Kirill SHekutev bilan uchrashib, kelajakdagi rejalar xususida fikr almashishdi.

“Avvalambor, Sizni ushbu tashkilotga rahbar etib saylanganingiz bilan yana bir bor samimiy qutlab qolamiz. O'zbekiston va Rossiya terma jamoalari jahonda doimo etakchilar qatorida etirof etilishgan. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va Siz rahbarlik qilayotgan tashkilotlar bilan chuqur hamkorlikni yo'lga qo'yishdan minnatdor. Yurtimizda nafaqat boksni, balki sportning barcha turlarini rivojlantirish uchun hukumat darajasida etibor qaratilmoqda”, – dedi Oybek Kasimov.

O'z navbatida, Saken Polatov hamkorlik borasida fikrlarini bildirib o'tdi.

“O'zbekistonda boksni yanada rivojlantirish borasida yangi qaror va loyihalar, davlat dasturlari tayyorlanmoqda. Hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan bokschilarimiz yanada katta natijalar qayd etib kelishmoqda. Hozirda jamoamiz Tokio Olimpiadasi va unga yo'llanma beruvchi licenzion musobaqaga qizg'in hozirlik olib bormoqda. Umid qilamizki, biz bu musobaqalarda ham yuqori natija qayd eta olamiz”, – dedi Saken Polatov.

Moskvadagi Boks taraqqiyot markazida o'tgan suhbat davomida tomonlar terma jamoalarimiz o'rtasida qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini yo'lga qo'yish, O'zbekistonda boks bo'yicha yirik musobaqalarni tashkil qilish kabi masalalar bo'yicha muzokaralar olib borishdi. O'z navbatida Umar Kremlev uchrashuv borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bugun juda samimiy va ko'tarinki ruhda uchrashuv o'tkazdik. Bilamizki, boks – O'zbekistonda eng sevimli sport turlaridan biri. Aminmanki, bunday sayi-harakatlarimiz yangi chempionlarni kashf qilishda muhim o'rin tutadi”, – dedi AIBA prezidenti.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing