18 okt 17:10
Yangiliklar
Boks/MMA

AIBA prezidentligi uchun yana bir nomzod paydo bo'ldi
Osiyo boks konfederaciyasi rahbari, AIBA vice-prezidenti va Ijroqo'm azosi Anas Al Otayba AIBA prezidentligi uchun o'z nomzodini qo'yganini elon qildi. yo
Bu haqida BAA boks federaciyasi matbuot xizmati malumot tarqatdi.
Undan tashqari ushbu lavozimga ozarbayjonlik Suleyman Mikailov va Dominikan Respublikasi vakili Domingo Solano o'z nomzodini qo'ygan.
InsideTheGames'ning xabar berishicha, bir necha kundan so'ng Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Umar Kremlyov ham ushbu "poyga"ga qo'shilishi kutilmoqda.
AIBAda prezidentlik saylovlari shu yilning 12-13 dekabr kunlari tashkilotning navbatdan tashqari Kongressida o'tkazilishi kutilmoqda.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
O’xshash yangiliklar
07:49
Thailand Open. Besh nafar bokschimizda g'alaba, kecha ikkinchi mag'lubiyatimizni qabul qilib oldik 0
Fikrlar