22 fev 13:38
Yangiliklar
"Airthings Master". Nodirbek Abdusattorov nechanchi o'rinni egallab turibdi?
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda. Hozircha musobaqada 12 ta tur o'yinlari ortda qoldi. Bugun so'nggi 3 ta tur bahslari tashkil etiladi.
So'nggi kun oldidan hamyurtimiz 16 ishtirokchi orasida 18 ochko jamg'argan holda 7-o'rinni egallab turibdi.
Birinchi o'rinni rossiyalik Yan Nepomnyashiy band etgan bo'lsa (27 ochko), ikkinchi pog'onaga norvegiyalik Magnus Karlsen (20 ochko) joylashgan. Uchinchi o'rindagi rossiyalik Vladislav Artemev hisobida ham 20 ochko bor.
Saralash bosqichi yakuniga ko'ra eng yaxshi natija qayd etgan 8 nafar shaxmatchi pley-off bosqichida g'oliblik uchun kurash olib boradi. Pley-offda esa har bir o'yin muhim ahamiyatga ega, boisi yutqazgan shaxmatchi uchun musobaqa yakunlanadi.
Fikrlar