So’nggi yangiliklar

14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0

02 okt 07:01
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Ajoyib! Geynish va CHigirev Kanada Gran-prisiga yo'llanma oldi!

Figurali uchishning juftlik dasturida O'zbekiston terma jamoasi azolari Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigirev Gran-prida ishtirok etadi.

Ular Kanadadagi Gran-pri bosqichiga kvota olishdi. Musobaqa 25-27 oktyabr kunlari Yangi SHotlandiya provinciyasining Galifaks shahrida tashkil etiladi.

Malumot o'rnida, figulari uchish sport turida Gran-prilar — bu jahondagi eng yaxshi figurali uchuvchilar o'rtasida o'tkaziladigan yillik musobaqalar to'plamidir. Ular 6 bosqichdan iborat bo'ladi. Har bir bosqichda sportchilar uchun egallagan o'rinlariga qarab, 3 balldan 15 ballgacha beriladi. Olti bosqich yakuniga ko'ra, eng yaxshi 6 nafar sportchi yoki juftlik final bosqichida ishtirok etadi.

Kanada Gran-prisi seriyaning ikkinchi bosqichi hisoblanadi. U Geynish va CHigirev juftligi uchun ham debyut Gran-pri bo'ladi. Bu bosqichda 7 mamlakatning 8 juftligi ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigirev juftligi sentyabr oyida O'zbekiston terma jamoasi uchun o'zlarining ilk musobaqasida — "CHellenjer" turkumidagi "John Nicks Pairs Challenge International" turnirida qatnashib, uchinchi o'rinni egallashgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing