So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

26 okt 16:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Ajoyib! Ley Vud WBA kamarini vakant qoldirdi. CHempionlik uchun Otabek Xolmatov va Reymond Ford jang qiladigan bo'ldi

Yarim engil vazn toifasida o'zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.

Yodingizda bo'lsa, shu yil Otabek Xolmatov WBA kamari uchun Ley Vud bilan jang qilishi lozim edi. Ammo tomonlar o'rtasida o'tkazilgan muzokaraga ko'ra, Ley Vud Otabek Xolmatovga qarshi majburiy himoya jangidan oldin, Josh Uorringtonga qarshi ixtiyoriy himoya jangini o'tkazib, g'alaba qozongan edi.

Tarqatilgan xabarlarga ko'ra, Ley Vud WBA kamarini vakant qoldirgan, bunga nima sabab bo'lgani hozircha malum emas. Muhimi, vakant, yani bo'sh qolgan kamar uchun WBA reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Otabek Xolmatov (11-0-0) hamda ikkinchi pog'onadan joy olgan amerikalik Reymond Ford (14-0-1) jang qiladigan bo'ldi. Jangning dekabr oyida o'tkazilishi kutilmoqda.

Bu haqda Otabek Xolmatov Olamsport.com muxbiriga quyidagicha izoh berdi:

"Ha, Ley Vud kamarni vakant qoldirdi. Endi Reymond Ford bilan bo'shab qo'lga chempionlik kamari uchun jang qilamiz, Xudo xohlasa. Hozircha sana va manzil aniq emas. Lekin raqibim Ford bo'ladi. Bunga tayyorgarlik ko'ryapmiz", - dedi Xolmatov.

Eslatib o'tamiz, Otabek Xolmatov so'nggi jangini o'tgan yilning dekabr oyida Tomas Patrik-Uordga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.

Havaskor boksdan ketishi, terma jamoa, sement tashuvchilik - PR'siz ko'tarilgan Otabek Holmatov


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing