29 noy 07:49
Yangiliklar
Eshkak eshish
Akademik eshkak eshish. Sportchilarimiz o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishishdi
Akademik eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari Toshkent dengizida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdilar.
Mashg'ulotlarda 24 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Sportchilar murabbiylar T.Isoboev, B.Bobojonov, S.Tyan qo'l ostida shug'ullanmoqdalar. Ularga shuningdek tegishli mutaxassislar tomonidan xizmatlar ko'rsatilmoqda.
Ushbu o'quv-mashg'ulot yig'ini terma jamoamiz azolarini xalqaro musobaqalarga munosib tarzda tayyorlash maqsadida o'tkazilmoqda. Yig'in 19 dekabrga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar