So’nggi yangiliklar

16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0

26 okt 19:37
Yangiliklar

Eshkak eshish

Akademik eshkak eshuvchilarimiz Osiyo chempionatida g'alaba qozonishdi

Janubiy Koreyaning CHondju shahrida bo'lib o'tayotgan akademik eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionati vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o'tmoqda.

Quvonarlisi, ayni paytgacha o'tkazilgan bahslar yakuniga ko'ra terma jamoamiz vakillari bir nechta yo'nalishlarda oltin medallarni terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'yishdi.

Murosasiz kechgan eshkak eshish bahslarida LM4X va M8 yo'nalishlarida erkaklar ekipajlarimiz qitada tengsiz ekanliklarini isbotlashdi. SHuningdek, Rio Olimpiadasi ishtirokchisi SHahboz Xolmurzaev og'ir vaznli qayiqda yakkalik bahslarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, yakunda kumush medal bilan taqdirlandi.

Malumot uchun, terma jamoamiz barcha medallarni 2000 metr masofaga suzish bahslarida qo'lga kiritdi. LM4X tarkibi: SHehroz Hakimov, Sobir Safaraliev, Evgeniy Agafonov, SHahzod Nurmatov. M8 tarkibi (boshqaruvchisi bilan): Dostonjon Hursanov, O'ktamjon Davronov, Zafar Usmonov, SHohjahon Najmiev, Otamurod Rahimov, Dostonjon Bahriev, Anatoliy Krasnov, Alisher Turdiev, Sardor To'lqinxo'jaev.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Janubiy Koreyaning CHungju shahrida bo'lib o'tgan akademik eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati va kattalar o'rtasida Osiyo Kubogi musobaqasida vakillarimiz umumiy hisobda 7ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medalini qo'lga kiritishgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing