17 may 08:01
Yangiliklar
Eshkak eshish
Akademik eshkak eshuvchilarimiz xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko'rmoqdalar
Akademik eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi sportchilari ham Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqdalar.
Toshkent dengizidagi eshkak eshish kanalida terma jamoamizning etakchi azolari o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqdalar. U erda sportchilarimiz talab darajasida mashg'ulotlar o'tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
O'quv-mashg'ulot yig'inida 22 nafar sportchi ishtirok etayapti. Ularga tajribali murabbiylar Sergey Tyan, Tolib Isoboev, Dmitriy SHugurov, Vyacheslav Didrixlar mahorat sirlarini o'rgatmoqdalar.
Sportchilarimizning jismoniy va taktik tayyorgarligi belgilangan reja-jadval asosida muntazam ko'rikdan o'tkazib borilmoqda. O'quv-mashg'ulot yig'ini 6 iyunga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar