21 jan 08:27
Yangiliklar
SHaxmat
Akademiyada mamlakat chempionligi uchun kurash avj pallada FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 8, 10, 12 yoshli o'g'il-qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati davom etmoqda.
Kecha chempionatning 6-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Unga ko'ra Ezozxon Hasanova (8 yosh) tengdoshlari orasida yakka peshqadam bo'lib turibdi. Ezozxon 6 tur bo'yicha 5,5 ochko jamg'ardi. Bugun u Zaynura Abrorova (5 ochko) bilan o'ynaydi.
Qashqadaryolik SHaxzod Islomov (8 yosh) ham o'tgan turlar bo'yicha 5,5 ochko to'play oldi. Bugun u Jafar Erkinov (Toshkent sh.)ga qarshi dona suradi. Jafarning hisobida 5 ochko bor. Nilufarxon Imomqo'zieva, Afro'za Hamdamova, Akbar Yoqubboev, Bahrom Baxrillaevlar ham o'z guruhlarida peshqadamlik qilishmoqda.
Bugun 7-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Musobaqa g'olib va sovrindorlari esa 23 yanvar kuni malum bo'ladi.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar