24 jan 09:34
Yangiliklar
SHaxmat

Akademiyada O'zbekiston chempionlari aniqlandi FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 8, 10, 12 yoshli o'g'il-qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati nihoyasiga etdi.
Kecha musobaqa g'olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan tasis etilgan diplom hamda medallar bilan taqdirlandi.
G'olib va sovrindorlar orasida SHaxzod Islomov, Ozodbek Oybekov, Baxovuddin Olimov, Ezozaxon Hasanova, Moxinur Hikmatxonova, Roziyabonu Azimova, Akbar Yoqubboev, Jasur Nasimov, Ibrat Rajabboev, Nilufarxon Imomqo'zieva, SHahzoda Hasanova, Ruqiya Olimova, Bahrom Baxrillaev, Olmos Rahmatullaev, Akobirxon Saydaliev, Afruza Hamdamova, Nozimaxon Ortiqova, Zilola Aktamovalar bor.
Malumot uchun, navbatdagi 14, 16 va 18 yoshli o'g'il-qizlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati 27 yanvar – 5 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar